Roy Kin bir necha kundan keyin murabbiylikka qaytishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
24 oct 2024
Sobiq futbolchi Roy Kin murabbiylik faoliyatini tiklashi mumkin.

"Manchester Yunayted" klubi sobiq sardori Roy Kin Shotlandiya chempionati vakili "Xibernian" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

Jamoa mamlakat chempionatida oxirgi o'rinda bormoqda. Mish-mishlarga qaraganda, jamoa 27 oktyabr sanasiga belgilangan "Xarts"ga qarshi o'yinda omadsizlikka uchrasa, ayni paytdagi bosh murabbiy Devid Greyga chiqish eshigi ko'rsatiladi.


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Muqova: thesun.co.uk

Izohlar

Dilmurod Umarov
24 oct 2024
Men oldin eshitmagan ekanman,Roy Kin avval qaysi chempionatda va qaysi jamoaga murabbiy bo'lgan