Ro'ziqul Berdiev: "Bugungi durangda futbolchilarni ayblab bo'lmaydi"

Administrator
30 iyun 2022
Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Olimpik" (2:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev fikrlarini bildirib o'tdi.





"Og'ir o'yin bo'ldi, deb o'ylayman. Bunday qarshilikni kutgan edik. Yigitlarga ham  "Olimpik" qanday raqibligini, to'pni yaxshi nazorat qilishini aytgandim. Bugun himoya va hujumda samaraliroq o'ynashimiz kerak edi. Albatta oxirgi o'yinlarda bitta tarkib bilan o'ynayotganimiz, rotaciya qilishga imkonimiz yo'qligi o'z ta’sirini o'tkazmoqda", -deydi Ro'ziqul Berdiev.

- Bugun durang bo'lmasin deb, muxlislar har bir o'yinga havotir bilan kirishmoqda...

- Balki shuning uchun ham durang bo'layotgandir (kuladi). Umuman olganda oson o'yinlar o'tkazayotganimiz yo'q. Farg'onada ochko yo'qotdik. Ushbu uchrashuvdan oldin holatimiz yaxshi emasdi. Futbolchilarni bugungi natijada ayblab bo'lmaydi. Ko'rinib turibdiki, xohish katta. 

- Bugungi hakamlik haqida fikringiz qanday? Sizningcha, o'sha vaziyatda gol bo'lganmidi?

-  Vaziyatlarni baholashda e'tibor qilganim yo'q. Agar gol bo'lganida aytishardi.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia