Ro'ziqul Berdiev: "Maqsadimizga, orzumizga hali etmadik"

Narzulla Saydullayev
29 oct 2024
"Dinamo" - "Nasaf" uchrashuvidan keyin (1:2) mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Qo'shnilar jangi shunday o'tishi kerak aslida. "Dinamo" gol urguniga qadar erkin harakat qildi. Raqib gol urgach, men o'z shogirdlarimni tanishni boshladim. O'sha bosimsiz, biz erkinroq harakat qildik. G'alabaga bo'lgan ishtiyoq evaziga biz 3 ochkoni ilib ketdik deb o'ylayman. "Dinamo" ko'proq etiborni himoyaga qaratdi, biz esa hujumga. Bugun biz g'alaba qozonishimiz shart edi. Bunga erishganimiz bilan jamoa ishqibozlarini tabriklaymiz", - dedi Ro'ziqul Berdiev. 

- "Nasaf" necha foiz chempionlikni naqd qildi?
- Biz juda yaqinmiz. Deyarli degan so'zni ishlatmaslik kerak. Har bir bahsga jiddiy yondashamiz. Keyingi uchrashuvlarga jiddiy yondashishimiz kerak. Maqsadimizga, orzumizga hali etmadik.

- "Nasaf" avvalgi "Nasaf"ga o'xshamayotgandek?!

- Buning ruhiyatga aloqasi yo'q. Jamoamizni bir shiori bor. "Nasaf"ga o'xshashi yo'q,- degan. Bazi bir jamoaga shunday kamchiliklar bilan o'ynab turamiz. Bazi kuchsizroq jamolar bilan o'yinlarda ochko yo'qotamiz. OCHLda esa, etibor bergan bo'lsangiz, kam o'yin amaliyotiga ega futbolchilar bilan birga bordik. Agar hamma asosiy o'yinchimizni u erda maydonga tushirganimizda, bugun nima bo'lishini "Paxtakor" misolida ko'rdingiz. Bu bizga ham salbiy tasir qilar edi. Bizning asosiy maqsadimiz Superliga bo'lgani bois, Samarqanddagi bahsga ko'proq etibor qaratdik. Balki, o'rtamiyona klublarga qarshi bahslarda motivaciya bilan muammo bo'lmoqda.

- "Nasaf"ning kelasi mavsum uchun rejalari qanday?
   
- Rejalarimiz bor. Klubimiz rahbariyati kelasi mavsum uchun harakatni boshlagan. Nasaf o'z darajasini yuqoriga chiqarib qo'ydi. Buni tushurishga bizning haqqimiz yo'q. Tarkibimizni suyagini saqlab qolib, yosh terma jamoa uchun yoshlarni berishimiz kerak. Oxirgi ikki yilda, bu kam bo'ldi, biroq buni to'g'irlab qo'yamiz.


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: pfl.uz

Izohlar

Leader RM
29 oct 2024
Рузикул ака тузукрок легионер олмасангиз булмайди.
internationale2010
29 oct 2024
Nasaf chin dildan tabriklayman Qashqadaryo ahlini chempionlik muborak bolsin
Faxriddin
29 oct 2024
Деди Вадим абрамов
Nurbek Eshmanov
29 oct 2024
Nasafga oʻxshashi yoʻq!
Xan
29 oct 2024
Худо холаса 1 ноябрда чемпионликни нишонлаш маросими булади,кеча спорт ТВда сигими каттарок булгани учун локо-насаф уйини бунедкор стадионида утказиш керак деган таклифни илгари суришди,пфл вакилари уша куни кубони олиб боришакркан агар Насаф ютса тантанали тарзда чемпионлик кубоги уйиндан кейин Насаф жамоасига топширилади дейишди, хозирдан Насаф футболчилари мурабийлар штаби ва узимизга ухшаган Насафни барча жонкуяр мухлисларини чин дилдан чемпионлик билан табриклаб куйсак хам булаверади
Do'styorov Anvar Sayfullayevich
30 oct 2024
Ассалому алайкум.Биз фанатлар гохида хафа ,гохида хурсандчилик киламиз.Вилоят хокимига ва Р.Бердиевга бизни чемпионликка олиб бораётгани учун катта рахмат!Илохим куз тегмасин
Shaxnoz77 Sattorova
29 oct 2024
Салом