Rudi Garsiya Masharipov to'p tepayotgan "Al Nassr" klubi bosh murabbiyiga aylandi

Sherzod Nurmatov
29 jun 2022
"Lion" va "Roma" sobiq ustozi Rudi Garsiya "Al Nassr"ni boshqarishga kirishdi, deya xabar berdi Saudiya Arabistoni klubi matbuot xizmati.

Klub 58 yoshli murabbiy bilan tuzilgan kelishuv tafsilotlarini oshkor etmagan.

"Al Nassr" direktorlar kengashi raisi Musli Al Muammar franciyalik mutaxassis Rudi Garsiya bilan shartnoma imzoladi, u klubning asosiy jamoasi bilan ishlaydi. Mutaxassisning ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz", – deyiladi jamoa matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o'tamiz, Garsiya "Sent-Eten", "Dijon", "Le Man", "Lill", "Roma", "Marsel", "Lion" va boshqa klublarda ishlagan.

O'zbekiston terma jamoasi etakchisi Jaloliddin Masharipov harakatlanadigan "Al Nassr" 2021/2022 yilgi mavsumda Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinni egalladi.  


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: fcalnassr.com

Izohlar

Хакикатгуй
29 jun 2022
Бизга хам келсин шунакалар. Серб черногорликлардан чарчадик. Бир лавра ишли еки уйниди кейин фифа га арз килади. Шарманда килиб. Оддийларги олиб юриб чемпионат хам оддий.