Runi MLSga yo'l olishi mumkin

Bir yildan so'ng "Everton" bilan shartnomasi yakuniga etadigan Ueyn Runi yozda MLSga yo'l olishi mumkin.

32 yoshli futbolchining agentlari MLSning Sharq konferenciyasida 7-o'rinda borayotgan "Di Si Yunayted" klubi bilan muzokara olib bormoqda.

Oxirgi haftalarda muzokaralar qizg'in kechmoqda va futbolchining Vashington jamoasiga o'tishi 50 foizga baholanmoqda.

"Di Si Yunayted"ning qiziqishlari doirasiga, shuningdek, Chicharito ("Vest Xem"), Karlos Teves ("Boka Xuniors") va Mario Balotelli ("Nicca") kabi futbolchilar kirmoqda.


Manba: The Washington Post