Runi: "MYUdan 10-15 futbolchi ketishi kerak"

Mirjalol Normatov
13 mar 2025
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Ueyn Runining fikriga ko'ra, jamoadan 10-15 futbolchi ketishi kerak.

"MYUning hozirgi tarkibi yo'qolib qolgandek, bo'm-bo'shdek taassurot o'yg'otadi.

Garchi Brunu ko'p asabiylashsa-da, natija keltirishda davom etmoqda. Tarkibda jiddiy o'zgarishlar qilish kerak. 10-15 nafar futbolchi jamoadan ketishi kerak deb o'ylayman. Tabiiyki, bunday bo'lmaydi. Hozirgi tarkibdan hech kim masuliyatni bo'yniga olishni istamayapti. Faqatgina Brunu va Maynuni tarkibda olib qolgan bo'lardim.

Klubning hozirgi madaniyatida mag'lubiyatni juda engil qabul qilishmoqda. Futbolchilar o'yindan keyin shunchaki: "Endi keyingi bahsni o'ylashimiz kerak", deyishyapti. Xarakter ko'rsating va maydonda kurashing. Ularning o'yinlarini ko'rish juda og'ir va og'riqli", - dedi Runi.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Qopqoq: Goal

Izohlar

Azamat Turgunov
13 mar
Onana, Maguayr, Evans, Shou, Lindelyev, Eriksen, Dorgu, Kazemiro, Hoylund manda 9 ta chiqti.. Mazrui, Martines, Delight, Dalot, Maynu, Ugarte, Bruno, Diallo, Garnacho, Zirkze manimcha norm
Davron Narziyev
14 mar
Myunining keskin pastlab ketishiga sabab deb Runi kabi o'yinchilarni juda ertachi ketkazib yuborilgani deb bilaman. Klub tarixini biladiganlar zaxiradan tushib bo'lsa ham o'ynab yurishi kerak edi. Vaqtida Milan ham shunaqa hato qilgan edi, jamoani yoshartiramiz deb yulduzlarni ketkazib yuborgan esi. Natijada qadriyatlarni juda tez unutib yuborishdi yangi kelganlar