Runi: “Ronaldu yoki Messidan biri jahon chempionatini yutsa, bundan xursand bo'lardim”

Eldor Akmurzayev
17 noya 2022
“Di Si Yunayted” ustozi Ueyn Runi bo'lajak mundial haqida gapirdi.

- Lionel Messi uchun bu mundial oxirgisi bo'lishi mumkin. Bu unga va Argentinaga bosim bo'lishiga sabab bo'ladimi?

- U katta maqsadlar bilan o'ynashga odatlanganiga ishonchim komil. O'zidan meros qoldirish fikri esa uning hayolidan o'tgan bo'lsa kerak.

Agar Messi yoki Ronaldu jahon chempionligi qo'lga kiritsa, bundan xursand bo'lardim. Bu qoyilmaqom faoliyat uchun chiroyli yakun bo'lardi.

Fikrimcha, Messi Argentina bilan g'olib bo'lish uchun bor kuchini ishga soladi, deydi MYU sobiq forvardi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Times of India