Runi va Sautgeyt soliq to'lashdan bo'yin tovlashda ayblanmoqda

Aslanov Jasurbek
8 oct 2016
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Garet Sautgeyt soliq to'lashdan bo'yin tovlashda ayblanmoqda.

Bu korrupciyada ayblangan Sem Ellardays istefosidan so'ng sodir bo'ldi.

Sautgeyt umumiy hisobda 434 mln. funt soliq to'lamagan 400 gumonlanuvchilar ro'yxatida aniqlangan. Ularning bari "Avatar" va "Pi hayoti" filmlarini moliyalashtirgan Ingenious firmasiga pul tikishgan edi.

Malumotlarga ko'ra, Angliya terma jamoasi hujumchisi Ueyn Runi ham bunday ayblanmoqda. Futbolchi pul tikish orqali, soliq to'lamaslik sxemasini ishga solgan. Runi bu ishni 5 yil davomida 4 marotaba amalga oshirgan.

Agar Ueyn Runining aybi isbotlansa, Buyuk Britaniya soliq xizmati futbolchidan 3,5 mln. funt miqdorida jarima undirishi mumkin.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: The Mirror

Izohlar

® CHELSEA ®
8 oct 2016
Samyel babayan iwdan keti va urnini vadim abramov tayinlandi deydigan odam yuq
® CHELSEA ®
8 oct 2016
Bizni baba atiga bir aklat tularkan xolos wuniyam sergeyev birmarta sitas labanov sohibovlar navbatda turarkan bu safar man beray deb
Khamza Yuoldashev
8 oct 2016
Самвел Бабаян ишдан кетди ва ўрнини Вадим Абрамов тайинланди
Azik-mu
8 oct 2016
Runyxam Messiga xavas qilganmi? ))