Runi: “VARsiz futbol yaxshiroq bo'lardi”

Eldor Akmurzayev
16 fev 2021
“Derbi Kaunti” ustozi Ueyn Runi VARga o'z munosabatini bildirdi.

“APL uchrashuvlarni tomosha qilaman va ko'pincha VAR chiqarayotgan qarorlardan xafa bo'laman. Bazan takroriy lavhalarga javobgar hakamlarning qarorlari umuman tushunarsiz.

Nazarimda, VARsiz futbol yaxshiroq bo'lar edi. Biz maydondagi hakamlarga ishonishimiz lozim. Bazan ular adashadi, ammo ularga o'z ishlarini xotirjamlik bilan bajarishiga imkon berishimiz zarur”, deydi Runi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports