Rustam Ashurmatov Koreyada chempion bo'ldi!

Aslanov Jasurbek
3 noya 2019
O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov to'p tepadigan "Gvangju" Janubiy Koreyaning ikkinchi darajali chempionatida g'olib bo'ldi.

Klub bugun o'z maydonida "Chonnam Dragons" klubini qabul qildi 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Shunga qaramay, "Gvangju" muddatidan avval K-League 2 turnirida zafar quchib, oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Uchrashuvdan so'ng taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.





Rustam Ashurmatov joriy mavsum K-League 2 turnirining 26ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia