Saka "Bavariya"ga qarshi bahsda: 0 zarba, 0 dribling, 0 aniq kross

Aslanov Jasurbek
18 apr 2024
Bukayo Saka "Bavariya"ga qarshi Chempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvida muvaffaqiyatli harakatlar bilan ajralib turmadi.

"Arsenal" vingeri 90 daqiqa ichida darvozaga birorta aniq zarba bermadi, vaziyat yarata olmadi, aniq kross amalga oshirmadi va uning 4ta driblingi muvaffaqiyatsiz yakun topdi.

Ushbu bahsda g'alaba qozongan "Bavariya" keyingi bosqichda "Manchester Siti"ni taslim qilgan "Real"ga qarshi maydonga tushadi. Bu jamoalar o'rtasidagi dastlabki bahs 30 aprel, ikkinchi uchrashuv 8 mayda bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Stat Muse