Samvel Babayan: "Eron klublari bilan bo'lgan bahslar doimo yuqori saviyada, tomoshabop tarzda kechgan"

I.J.I
5 nov 2023
OCHL 4-turi doirasida "Nassaji Mazandaran"ga qarshi o'yindan oldin "Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan va jamoa futbolchisi Azimjon Ahmedov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Samvel Babayan: – Assalomu alaykum! Barchaga xayrli kun! “Nassaji Mazandaran” adashmasam, o'z tarixida ilk marotaba OCHLda ishtirok etayotganligi sababli, ushbu musobaqaga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rganligini etirof etish joiz. Bunga biz jamoa Namanganga tashrif buyurib, bizga qarshi maydonga tushganida ham guvoh bo'ldik.

Shuningdek, fursatdan foydalanib, yuqori darajadagi tashkilotchilik uchun “Nassaji Mazandaran” vakillariga jamoamiz nomidan o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

Albatta, yana shuni ham takidlash joizki, bizni Eron bilan ko'p narsa bog'lab turadi. Boisi, OCHLda xalqaro maydonlarda Eron sharafini himoya  qilgan deyarli barcha klublar bilan o'zaro ro'baro' kelganmiz va o'sha bahslar doimo yuqori saviyada, tomoshabop tarzda kechgan.

Ushbu mamlakatlar terma jamoalari hamda klublari bir-birlariga raqib bo'lsa, bu har ikki yurt futboli rivojida muhim omil bo'lib, xizmat qiladi.  Bunday o'yinlar orqali biz bir-birimizni to'ldirib, rivojlanamiz. 

Azimjon Ahmedov: – Avvalo barchaga salom! Ertangi o'yinda barcha imkoniyatlarimizni ishga solgan holda, muxlislarimizga quvonch ulashishga harakat qilamiz.


I.J.IMaqola muallifi
Muqova: “Навбаҳор” ПФК матбуот хизмати.

Izohlar

Bobur Abduqodirov
5 nov 2023
Navbahor ham birinchi marta chiqdi shekilli oz tarixida
Navbahor vs Realmadrid.
5 nov 2023
Omad
G‘alaba
5 nov 2023
Navbahordan g'alaba kutamiz!
G‘alaba
5 nov 2023
Navbahordan g'alaba kutamiz!
Mamadiyorov Mahmud
5 nov 2023
Ота бола интервью берибдида.