Samyuel Eto'O: "Oldin Mourinyoning klublarida o'ynamayman deganman"

Tolibjon Qosimov
13 sen 2013
"Chelsi" hujumchisi Samyuel Eto'O klub bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan yomon holatda xayrlashganini aytib berdi.

Kamerunlik futbolchi va portugaliyalik murabbiy "Inter"da birga ishlashgandi.

– "Inter"ga o'tgunimga qadar men Mourinyoni tanimasdim, shu bois u bilan munosabatlarimiz tarang edi, – deydi Eto'O The Sun nashriga. – Hattoki bir marta Mourinyo boshqargan klubda umuman o'ynamayman degandim. Endi Joze meni do'stim. Yana birga ishlashimizdan xursandman.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru