San-Marino terma jamoasi JCH-2026ga yo'l olishi mumkin. Qanday qilib?!

Sherzod Nurmatov
21 nov 2024
San-Marino terma jamoasi saralash guruhida qay o'rinni egallashidan qati nazar JCH-2026 ishtirokchilari qatoridan joy olish imkoniyatiga ega.

14 Millatlar Ligasi guruhi g'oliblaridan 10 tasi to'g'ridan-to'g'ri Jahon chempionatiga yo'llanma olgan taqdirda jamoa avtomatik ravishda pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Agar birinchi va ikkinchi savatchadan joy olgan jamoalar to'g'ridan-to'g'ri Jahon chempionatiga yo'llanma olsa, San-Marino pley-offda qolgan o'rin uchun kurash olib boradi. U erda FIFA reytingida so'nggi 210-o'rinni egallab turgan jamoa Moldova, Shimoliy Irlandiya va Shimoliy Makedoniya termalari bilan kuch sinashadi.

Eslatib o'tamiz, San-Marino Millatlar Ligasi guruhida Gibraltar va Lixtenshteyn jamoalarini quvib o'tib, birinchi o'rinni egalladi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: AP News

Izohlar

Man_Utd Norin
21 nov 2024
Shok ! Daxshat ! + 18 u buyog'i
Азим Исмаилов
21 nov 2024
Шим Ирландия шим Македония бор хеч каерга утолмайди
TOMJIQ_OLOT
21 nov 2024
Сан-Марино ЖЧ-2026 иштирокчиси бўлиб, Ўзбекистон миллий терма жамоаси бўлмаса, бу шунчаки ДАҲШАТ!!!
PFCNasaf (O‘zbekiston)
21 nov 2024
Мен бу жамоаларни ичида Сан Маринога мухлислик қиламан.
Россия Россия
21 nov 2024
Бу кетишда футболда обру колмайдиев