

Bu haqda "Sport1" muxbiri Kerri Xau xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, vinger hali "bundestim"ning jamoaviy mashg'ulotlarida qatnashmaydi va individual tarzda shug'ullanadi.
Oldinroq Germaniya termasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Sane Ispaniyaga qarshi o'yingacha tiklanishga ulgurishiga umid bildirgandi. Futbolchi tizzasidan olgan jarohati tufayli nemislarning Yaponiyaga qarshi (1:2) Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini o'tkazib yubordi.
Ispaniya bilan o'yin 27 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 00:00 da bo'lib o'tadi.



