Santyago Kanisares YCHL favoritlarini sanadi

Mirjalol Normatov
18 sen 2025
Ispaniya termasi hamda "Real", "Valensiya" kabi jamoalarning sobiq kiperi Santyago Kanisares YCHLning ushbu mavsumidagi favoritlarini sanab berdi.

"Menimcha PSJ, "Real", "Liverpul" va "Barselona" sovrin uchun asosiy davogar.

"Arsenal"? Ular ancha katta jamoa bo'lib olishdi va ko'plab raqiblarga muammolar yarata olishadi. Lekin ularni g'olib sifatida ko'rmayapman", - dedi Kanisares.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca