Sanya Mbappe haqida: "Ronaldu "Real"dagi faoliyatini yaxshi boshlamagan, Benzemaning transferini xato, Bekxemnikini esa omadsizlik deb atashgan. Ular klub afsonalariga aylanishdi"

Tolibjon Qosimov
27 nov 2024
Sobiq futbolchi Bakari Sanya Kilian Mbappening manzili tomon yo'llanayotgan tanqidlarga o'z munosabatini bildirib o'tdi.

"Uning "Real"ga o'tishi muvaffaqiyatli bo'lishiga shubha qilmayman. Hamma undan kelishi bilan hamma rekordlarni yangilashni boshlashini kutgan edi.

Yodingizda bo'lsa, Krishtianu Ronaldu Madriddagi faoliyatini unchalik yaxshi boshlamagan. Benzema "Real"ga o'tganida hamma uning transferi katta xato bo'ldi deb o'ylagandi. Bekxem "Real"ga o'tganida esa odamlar uning transferini omadsizlik deb atashdi.

Kilian "Real"da qiyin startni amalga oshirgan birinchi futbolchi emas. Bu ko'plab o'yinchilar bilan sodir bo'lgan. Ronaldu, Benzema va Bekxem kabi futbolchilar klub afsonalariga aylanishdi va Kilian ham ularning izidan boradi. Hatto Zidanni ham tanqid qilishgan.

Vaqt kerak, lekin Mbappe "Real"da katta muvaffaqiyatga erishadi. Odamlarning undan umidlari katta, shuning uchun ham u boshqa o'yinchilarga qaraganda ko'proq tanqid qilinadi", - dedi Sanya.


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Qopqoq: goal.com

Izohlar

VodiySoft
27 nov 2024
Ronaldu Real Madrid bilan 2 yildan deganda sovrin yuta boshlagan. Ungcha Ronaldu shunchaki quruq gollar bilan yurgan xolos.
Azamat Turgunov
27 nov 2024
Ranaldu bn Benzema tori tarifdr lekin Bekxem qoyillatmagan
Madridist Real Blancos
27 nov 2024
Modrichni ham birinchi mavsumdan keyin xato deyishgandi Kurtuani ham
Jakhongir
27 nov 2024
9 raqamda kotta holenga urganmi jarimadan gollarni
Cr7_
28 nov 2024
Lekn chichib quydida hozirginaeeeeeeee