"Saraevo" bosh murabbiyi Vasoski: "Nasaf"ning 77-raqamdagi futbolchisi himoyachilarimizga tinchlik bermadi"

Aziz Tukhtamuradov
12 feb 2022
Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" jamoasi kecha Turkiya yig'inidan o'rin olgan galdagi o'rtoqlik uchrashuvida qatnashdi.

Bosniya va Gercegovinaning "Saraevo" jamoasi sparring raqib vazifasini o'tagan bahsda "ajdarlar" katta ustunlikka ega bo'lishdi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yindan so'ng "Saraevo" bosh murabbiyi Aleksandar Vasoski saytimiz muhbiri Abdulaziz Iskandarov bilan suhbatda o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi.

"Nasaf" yaxshi jamoa ekanligini o'yinda ham isbotladi. Biz ushbu uchrashuvda ikkinchi tarkib futbolchilariga imkoniyat berishga qaror qildik. Chunki yig'in davomida barchaning holatini ko'zdan kechirib olishimiz kerak. Maydonda biroz yoshartirilgan "Saraevo"ni ko'rdingiz. Raqib ustunlikni o'z qo'liga oldi, ko'p vaziyatlar yaratdi. Tayyorgarligimiz oxirlab bormoqda. Turkiyada ko'proq uchrashuvlar o'tkazdik. 

Menga "Nasaf"ning chiziqlar orasida tezkorlik bilan o'ynashi yoqdi. Jismoniy tomondan ularga yaxshi baho beraman. Ayniqsa 77-raqamdagi futbolchi (Oybek Bozorov) himoyachilarimizga tinchlik bergani yo'q. Uning texnikasi va tezligiga qoyilman. Biz bilan o'yinda u eng yaxshi futbolchi bo'ldi, deya olaman",- deydi Aleksandar Vasoski.

Eslatib o'tamiz, o'yinda "Nasaf" 1:0 hisobida g'alaba qozondi.


Aziz TukhtamuradovMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Аброр 1912
12 feb 2022
Мана неча йиллардан буён Насаф шу йили чемпион буладида деб уйлайман ку. Чемпионат охирида нимадир буладида Чемпион булолмайди. Шу нимадир етишмай колади.Бизда Чемпионлик шу кадар етиб булмас чуккики жамоанг пойтахт клуби булмаса хаётда у чуккига чиколмайдигандек туюлаверади менга айникса охирги 20 йилликдаги даврда. Курайлик энди пойтахтдан ташкаридаги чемпионни хам хурматли Бердиев.
Nurbek G'uzor
12 feb 2022
77-raqamli futbolchi bu yil ko'p futbolchilarga va jamoalarga tinchlik bermaydi.
NASAFC
12 feb 2022
Эй жаноб Васоски, бу бола нафақат сизга балки УФА билан ПФЛга хам тинчлик бермаётганлиги сабабли унга мухим ўйинларда қизил карточка берилаяпди, мавсум бошидаги ўйинлардан четлаштиришяпди.
Шухрат Эргашев
12 feb 2022
Насаф футболчиларига айтар сузим, "хаволаниб" кетманглар, юлдузлик касалига чалинманглар, факат ва факат машуглот, "мендан" бошкаси мени урнимга уйнолмайди деган хаёлдан узок булинглар, мураббий курсатмасаини чин сидкидилдан бажариб, мухлислар олдида юзингиз ёруг булишини, суперлигада ишончли иштирокни тилаб коламан.
Yaxyobek070
12 feb 2022
Навбахор билан буладигон уйинга тушмас эканда Бозоров