

Shu haftada Isroil terma jamoasi uyda 0:1 hisobida Makedoniyaga imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv davomida muxlislar bir necha marotaba futbolchilarga xushtak chalishdi. Zaxavi navbatdagi xushtakbozlikdan so'ng sardorlik bog'ichini otib yubordi.
"40 yildan beri JCHga chiqa olmaymiz. 40 yil oldinga intilish yo'q. Xushtakni eshitganimda, yuragim portlab ketdi" - deydi 30 yoshli Zaxavi.

