Saudiya Pro ligasi. Al Ittihodning ishlari yurishmayapti. Benzema jamoasi bu safar o'z maydonida mag'lub bo'ldi

Nozimov Nig'monxo'ja
24 dec 2023
Saudiya Arabistoni chempionatining 18-turida Al Ittihod o'z maydonida Ar Raedni qabul qilib, 12-daqiqadan kamchilikda o'ynadi va mag'lubiyatga uchradi.

Natijada Jidda klubi 28 ochko bilan 6-o'rinda qoldi. Ar Raed ochkolarini 16taga etkazib, 17-o'rindan 15-pog'onaga ko'tarildi. 

Saudiya Pro ligasi. 18-tur

Al Ittihod - Ar Raed 1:3

23 dekabr, Shahzoda Abdulla al-Faysal stadioni

Gollar: Romarino (25) - Al Berkaui (22, 72), Ad Dosari (90).

Al Ittihod – Al Mayuf, Fabino, Al Olayyan, Bamasud (Ash Shamroni, 64), Kante, Koronado (Kamara, 74), Farhan, Al Gamdi, As Sahafi, Benzema (Al Jamaan, 75), Romarino.

Ar Raed – Moreyra, Ad Dosari, Gonsales, Lum, Ar Raja, Al Jayzani, Normann (Hazazi, 90+6), Fuzair (Al Gamdi, 90+6), As Subai (Al Bishi, 75), Tavaresh, Al Berkaui (Sunbul, 90).

Ogohlantirishlar: As Subai (45), Kamara (89), Al Amri (90+7).

Chetlatish: Al Olayyan (12).


Nozimov Nig'monxo'jaMaqola muallifi
Muqova: championat.com

Izohlar