Sautgempton – Arsenal. Uilsher o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Narzulla Saydullayev
27 yanv 2014
Arsenal ustozi Arsen Venger yarim himoyachi Jek Uilsherning Sautgemptonga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkinligini ma'lum qildi.
Uilsherning maydonga tushishi so'roq ostida. Koventriga qarshi o'yinda (4:0) oyog'ida muammolar kuzatildi.

O'z navbatida uch nafar asosiy futbolchimiz safga qaytdi - Vermalen, Remzi va Arteta. Ular Sautgemptonga qarshi o'yinda qaydnomadan o'rin olishlari mumkin. Ammo Uilsher o'ynamasligi deyarli aniq, – deydi Venger.

Sautgempton – Arsenal uchrashuvi 28 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru