"Seongnam"da mag'lubiyat, Jeparov to'liq o'ynadi

Narzulla Saydullayev
28 sen 2014
Janubiy Koreya K-ligasida 28-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Server Jeparov to'p tepayotgan "Seongnam" klubi safarda "Pusan I Park"ka qarshi maydonga tushib 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. O'zbekiston terma jamoasi sardori bahsda to'liq o'ynadi.

28 turdan so'ng 23 ochko to'plagan "Seongnam" musobaqa jadvalining 10-pog'onasida bormoqda. Klub keyingi o'yinni 1 oktyabr kuni "Chunnam Dragons"ga qarshi o'z uyida o'tkazadi.

Janubiy Koreya chempionati
"Pusan I Park" - "Seongnam" 1:0
Gol:
Fagner 29

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia