"Sepaxon" - "Al Ittihod" haykal tufayli boshlanmayapti

Aslanov Jasurbek
2 okt 2023
OCHL guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan "Sepaxon" - "Al Ittihod" o'yini starti kechikmoqda.

"Sepaxon" - "Al Ittihod" haykal tufayli boshlanmayapti


Gap shundaki, maydonga chiqib kelishda 2020 yilda AQSH tomonidan o'ldirilgan Eron generali Qosim Sulaymon haykali qo'yilgan.


Ushbu general Saudiya Arabistonida terroristik tashkilot a'zosi hisoblangan va bir necha yil avval Saudiyaga amalga oshirilgan hujumlarda ayblangan. Shu sababli "Al Ittihod" futbolchilari maydonga chiqishni xohlashmayapti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/nahuelzn