Serdar Azmun: "O'zbekiston terma jamoasi so'nggi marotaba bizga jiddiy muammo tug'dirganiga 12 yil vaqt bo'ldi"

Sherzod Nurmatov
9 oct 2024
Eron terma jamoasi hujumchisi Serdar Azmun O'zbekiston bilan bahs oldidan qiziq fikrlarni ilgari surdi.

Uning fikricha, O'zbekiston oxirgi marta Eronga 2012 yilda jiddiy xavf solgan.

Malumot uchun, O'zbekiston Eronni 12 yil oldin JCH saralashi doirasida "Ozodi" stadionida Ulug'bek Bakaevning goli evaziga mag'lub etgan. Shundan so'ng milliy terma Eron bilan 9 marta ro'baro' kelgan va  2 ta durang, 7 ta mag'lubiyat qayd etgan.

"Ertangi o'yin qanchalik qiyin ekanligini bilamiz. Uch ochko juda katta ahamiyatga ega va biz O'zbekistonga qarshi qanday o'ynashni bilamiz. O'zimizning eng yaxshi o'yinimizni namoyish etishga harakat qilamiz", – deya aytib o'tdi Serdar Azmun.



O'zbekiston va Eron o'rtasidagi uchrashuvlar har doim juda tomoshabop bo'lib kelgan. Ertangi o'yin oldidan ham O'zbekiston futbolchilari Eron terma jamoasi haqida iliq fikrlar bildirishdi...

- Ikki jamoa o'rtasidagi suhbatlarni yoqtiraman. Biz har doim raqibni hurmat qilamiz. Bizning madaniyatimiz shunday, lekin O'zbekiston terma jamoasi so'nggi marotaba bizga jiddiy muammo tug'dirganiga 12 yil vaqt bo'ldi. Biz ertaga uch ochkoni qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz.


Eslatib o'tamiz, JCH 3-saralash bosqichi 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Eron to'qnashuvi ertaga "Bunyodkor" stadionida o'tkaziladi. Uchrashuv 19:00 da start oladi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: Championat.asia

Izohlar

Bexa97
9 oct 2024
Shu gapi uchun ham agar bizani bollani oriyati boʻlsa ertaga faqat gʻalaba uchun oʻynashi va yutishi shart
quest
9 oct 2024
xaxaxa, sal qoldiku, yeb quyishiga oxirgi uyinda
Шерали8448
9 oct 2024
Шу сафар ютамиз худо хохласа Негадир эронлик футболчилар хар доир пахта куярди бу сафар жиддий гапиряпди кандайдир хадик бор уларда куркаяпди.
Azizbek Rustamovich
9 oct 2024
O‘sha o‘n ikki yil oldingi o‘yinda Ulug‘bek Baqoyev edi. Endi Bakayev bo‘libdi. Bizni xalq laganlikni qachon qo‘yadi ekan. Xozirgi prezident familyalarni aksent bilan aytadi. Aripov, Abidov, Muradov deb. Qolgan laganchalar esa darrov familyasini prezident aksentiga moslashtiradi. O‘shalarni otasini ismi Arif, Abid, Baka bo‘lmagandur
Tiki taka
9 oct 2024
Azmun xaqiqiy provakator
Akmal Abdullayev
9 oct 2024
Тугри гапирипти
Fc Muynak sity
9 oct 2024
Шарманда ей уйгонларинг зборнийдаги тогаларнинг жиянлари катта болларни укалари кулиб ташадику бу азмунча эртага гурур обруй учун эрони урмасанглар йигиштирларинг футболни бориб шу Европада юраверларинг биз зурмиз деб узларингни узларинг мақтаб
Азим Исмаилов
9 oct 2024
Бизни хам 12 йил олдин нима булганлиги халиям эсимизда Шу кунларда Яна келармикан.....
Bahodirjon Nosirov
9 oct 2024
Ey Azmun cha, ertaga yutqazib qo'yib yig'layotganingda eslagin bu gapingni
El-Uzbek
9 oct 2024
Biletni qayerdan olsak bo‘ladi. Qo‘lga chiqib ketganmaganmi?
Ko'proq ko'rsatish