Server Jeparov: "Paxtakor"ga "Neftchi"ning zich himoyasini yorib o'tish oson bo'lmaydi"

Khoja
13 sen 2025
O'zbek futboli afsonalaridan biri, sobiq terma jamoa sardori Server Jeparov "Paxtakor" – "Neftchi" markaziy uchrashuvi oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Bu bahs nafaqat turning, balki mavsumning ham eng qiziqarli qarama-qarshiliklaridan biri bo'lishi kutilmoqda.

- "Men odatda ko'p sharh bermayman, ayniqsa shunday principial uchrashuvlar haqida. "Neftchi"ni yaxshi bilaman: ular asosan ikkinchi raqam ostida o'ynaydi, bazan yuqori pressing qiladi, ammo ko'proq qarshi hujumlarga tayanadi. Bu mening shaxsiy fikrim. "Paxtakor" uchun esa asosiy qiyinchilik – zich va yaxshi tashkil etilgan himoyani yorib o'tishdir. Bu o'yinda ayniqsa tezkor o'tish fazalari va standart vaziyatlar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, deb hisoblayman", - dedi Jeparov.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia