Serxio Regilon nega "Tottenxem"ga o'tishga qaror qilganini aytdi

Alisher
23 okt 2020
"Tottenxem" himoyachisi Serxio Regilon "Real"dan London klubiga o'tgani haqida gapirdi.

Ispaniyalik futbolchining so'zlariga ko'ra, u Joze Mourinyu bilan ishlashni xohlagan.

"U jahon darajasidagi murabbiy. Bu mening o'tishimga jiddiy ta’sir ko'rsatdi. Menda keng tanlov imkoniyati bor edi, ammo "Tottenxem"ning qiziqishi haqida eshitganiimda, hammasi oddiy o'tdi.

Men kelganimda, klub meni iliq kutib oldi. Infrastruktura, jamoadoshlarim, qolgan barchasi. Stadion shunchaki ajoyib. Hozircha menga hammasi juda yoqmoqda.

Men hozir kim bo'lsam "Real"da shunday bo'ldim, men ushbu klubda o'sdim. U siz hech kim bo'lardim. Klubdan kyetish oson bo'lmadi, ammo men to'g'ri qaror qabul qildim deb o'ylayman. Oiladan kyetish qiyin bo'ldi, ammo Premer-liga men uchun dunyodagi eng zo'r chempionat. Men bu yerda bo'lishdan baxtliman. Endi "Tottenxem"ga sovrinlar yutishda yordam bermoqchiman", - deydi Regilon.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports