Sevinch qarorgohidagi tamirlash ishlaridan fotoreportaj

Narzulla Saydullayev
26 may 2020
Avval xabar qilganimizdek, “Sho'rtan gaz kimyo majmuasi” rahbariyati tashabbusi bilan “Geolog” MSSMda keng ko'lamdagi tamirlash ishlari boshlab yuborilgan edi.

To'g'ri, yurtimizda koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan karantin oqibatida tamirlash ishlari bir muddat to'xtab qoldi. Ammo ayni kunlarda bu jarayon qizg'in davom etmoqda.

Malumki, “Geolog” MSSMda juda ko'plab sport inshootlari joylashgan. Bu markazda stadion, sport arenasi, zamonaviy basseyn, gimnastika, atletika, shaxmat-shashka, har xil o'quv markazlari, fitnes xonalari, cho'milish havzasi va boshqalar bor.

“Geolog” madaniy, sport sog'lomlashtirish markazida tamirlash ishlari qanday ketayapti. Ushbu markazda joylashgan “Sevinch” futbol klubi qarorgohidachi? Avvalo shuni takidlab o'tishni hohlardikki, klubimiz ixtiyoridagi yotoqxona, yuvinish, kiyinish xonalari, oshxona va o'quv xonalari tez kunlarda foydalanishga topshirilishi ko'zda tutilgan.

Biz ushbu tamirlash jarayoni haqida fotoreportaj uyushtirdik. Marhamat tomosha qiling.




Bu “Sevinch” klubi oshxonasining tashqi ko'rinishi. Oshxonada hali tamirlash ishlari to'liq tugallanmagan bo'lsada, amalga oshirilgan ishlar ancha ko'zga ko'rinib qoldi va oshxona tashqi ko'rinishi mutlaqo yangi ko'rinishga ega bo'ldi.


Bu mashhur “Geolog” sport arenasi, bu erda ne-ne xalqaro va respublika miqiyosidagi musobaqalar o'tkazilmagan deysiz. Bu erda hozir so'nggi jihozlash va tamirlash ishlari ketayapti.






Bu esa “Geolog” stadioni. Stadion tribunalari, yo'laklar, yugurish yo'laklari to'liq tamirlanadi. O'rindiqlar almashtiriladi. Yugurish yo'laklarining qoplamalari yangilinadi. Stadion muhandislik kommunakaciyalari ham zamon talablari darajasida o'zgarmoqda.



Endi “Sevinch” futbol klubi yotoqxonasiga tashrif buyuramiz. Yotoqxona xonalari, sanitariya uzellari, ish kabinetlari xullas barchasi to'liq tamirdan chiqarilmoqda. Jihozlarning hammasi to'liq yangilariga almashtirilmoqda. Yotoqxona barcha talablarga javob beradigan darajada o'zgarmoqda. O'ylamizki, bu yangiliklar jamoamiz futbolchilarining kayfiyatiga – kayfiyat qo'shajak.





Stadion, yani markazning tashqi ko'rinishi hamboshqacha bo'ladi. Markaz hududidagi yo'laklar qoplamasi ham yangisiga almashtirildi.

Xullas, bu markazda odam ko'rsa havasi keladigan darajada o'zgarishlar amalga oshirilmoqda.

“Sho'rtan gaz kimyo majmuasi” rahbariyatiga, qurilish va tamirlash korxonalari rahbariyatiga, eng asosiysi bu erda mehnat qilayotgan ishchilarga klubimiz nomidan minnatdorchiliklar bildirib qolamiz!


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: pfcsevinch.uz

Izohlar

FCNASAF UZBEKISTAN
26 may 2020
яхши.
DXX
26 may 2020
Респект!
Олимжон Насаф
26 may 2020
Жуда хам зўр! Фақат ЗАКСни стадионни яқинроққа кўчириш керак...
Davronbek Beshariq
26 may 2020
Кашкадарё футбол клуби ва академиялари стадионигача Узбекистонда биринчи. Гап булиши мумкин эмас..ОЛГААА....
Граф Монтo Kpиcтo
26 may 2020
Келинчакнинг уйидай-ку! Гап йук, факат куёв кам.