Shahzod Ubaydullaev: "Navbahor"ning taklifini ortiqcha o'ylaganim yo'q. Yangi mavsumda Namanganda boshqacha atmosfera kutyapman"

Iskandarov Abdulaziz
10 dec 2024
Avvalgi yillarda asosan nomlarga tayangan "Navbahor" endilikda yo'nalishini o'zgartirdi.

 Klub tarkibni mahalliy futbolchilar orqali shakllantirishga kirishdi. Mirzohid G'ofurov, Abdug'ani Kamolov, Shahzod Ubaydullaevlar shular jumlasidandir. Ayniqsa kosonsoylik bo'lgan Shahzod Ubaydullaevni muxlislar yaxshi tanishadi. Xo'sh, uning yangi jamoasiga o'tishi qanday yuz berdi?


"Uyga qaytganimdan xursandman. "Navbahor" taklifini ortiqcha o'ylab ham o'tirganim yo'q. Namangan o'zimiz tug'ilib-o'sgan joy. Yangi mavsumda o'z o'yinimizni ko'rsatamiz. Muxlislarni xursand qilamiz. O'ylaymanki, stadionda atmosfera juda boshqacha ko'rinish oladi. Jamoa yosharmoqda, mahalliy o'yinchilarga etibor kuchaydi. Stadion to'lib-toshishiga ishonaman. Hujumchida etibor faqat to'purarlikka qaratilgan bo'lishi kerak. Menda ham shunday. Xudo xohlasa shu yo'lda harakat qilamiz. 

"Metallurg"ni mavsum tugamasidan tark etishimga sabab murabbiy bilan kelishmovchilik bo'ldi. Ikkinchi davrada o'yin amaliyoti kam berildi. Deyarli to'p tepmadim. Bundan hech qanday adovatim yo'q. Murabbiy bizni mashg'ulotda ajratib qo'yayotgandi. O'zini ko'rsatgani imkon ham bermadi. Shu bois Shavkat aka Saidov bilan gaplashdim. Ular to'g'ri tushundilar",- deydi Shahzod Ubaydullaev.


Iskandarov AbdulazizMaqola muallifi
Muqova: Championat.asia

Izohlar

Sanjar Soliyev
10 dec 2024
Omadingni bersin
Косонсойчи1991FCRM_04
10 dec 2024
Худо хохласа бу йил Варварешин клиб ташла факат ва факат мехнат кил Даданг Ва Амакиларинг эл суйган Футболчилар болишди сен уларданхам утиб кет омад
Rasul M
10 dec 2024
Xar yili jamoadan jamoaga otadigan futbolchilarni aytadigan gapi shu yoki yozib berisharmikin Nuqul jamoadan jamoaga otishadi faqat 100%dan 5%narmalni ozini korsatadi qoganlari yildan yilga yoqolib boraverishadi...Nimaga xechkim Proligada qolgan jamoalardan birinchi liga jamoalaridan futbolchi olmaydi Masalan Bellingham Xam Berminghamda oynagan Evropaning koplab jamoalari tanilmagan joylardan futbolchi olishadi...Bu yerda esa faqat osha kochmanchilar U jamoada ishi yurishmasa maoshni olishadiyu qochishadi keyingi yili yana jamoa almashtiradi Xechkimga xusumat yoki etiroz yoq lekin yangi nomlar yangi kashfiyotlar Futbol bezagiku Talantlarni qanday yuzaga chiqarishmoqchi Shunchaki Misol Anvar Xojimirzayev Qoqonda Proligada ozini yaxshi korsatgandi Dinamo oldi xozirxam yaxshi formada shunaqalar menimcha judayam kop Kochmanchilarga esa Omad