Shahzoda Uilyam: "O'z vataningda sevimli ingliz jamoang o'yinlarini ko'ra olmaslik asabiylashtiradi"

Aslanov Jasurbek
15 mar 2025
Shahzoda Uilyam Angliyada shanba kunduz kuni APL o'yinlari ko'rsatilmasligidan norozi.

Britaniya taxti vorisi "Aston Villa" jamoasiga muxlislik qiladi.

– Men uchun "Villa Park" stadioniga borish unchalik oson emas, lekin men imkon qadar ko'proq o'yinlarni – stadionda yoki televizor orqali ko'rishni yaxshi ko'raman.  

Men Chempionlar Ligasining barcha o'yinlariga borishga harakat qildim, chunki jamoa yaxshi formada bo'lganda bu imkoniyatdan to'liq foydalanish kerak.  

Uydagi eng katta muammo – bazan televizordan [translyaciyani] topishga urinish, chunki shanba kuni soat 15:00 da bizda blekaut bo'ladi va bu juda jaxlni chiqaradi.

– Siz qaroqchi translyaciyalardan foydalansangiz bo'lardi...  

– Xa-xa, bu haqda izoh bermayman. Men Villa TV uchun pul to'layman, shu sabab men voqealardan xabardorman.  

Lekin bizning mamlakatimizda hali ham o'z jamoamizning Premer-ligadagi o'yinini ko'ra olmasligimiz juda asabiylashtiradi, biroy chet elga borsangiz istalgan o'yinni istalgan vaqtda ko'rishingiz mumkin" – dedi shahzoda Uilyam.  

Shanba kuni tushdan keyin, ko'pchilik o'yinlar o'tkaziladigan paytda, televizion translyaciyalarni to'xtatish qoidasi 1960 yillarda joriy qilingan, bu esa muxlislarni quyi liga o'yinlariga borishga undash maqsadida amalga oshirilgan.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: The Sun

Izohlar

Sardorbek..
15 mar
Blekaut diydimi shunda ularda shanba kuni ommaviy svet o'chadimi
Anvar Sadullayev
15 mar
Hatto Britaniya shag’zodasiyam futbolni pul to’lab ko’radi, bizni CAdagi yalangayoqlar doim MTRKni ayblab o’tiradi. Bo’ldi u zamonlar o’tdi, endi futbol ko’rish bepul bo’lmaydi, ko’rgin kelsa oylik 15 ming to’lovini qilib mazza qilib ko’raver.
SHohjahonErgashev
15 mar
Shuning uchun stadionlar to‘lib toshar ekanda
Sera_M ¥ U
15 mar
bizda shunaqa bulganda bormi. tasavvur qiling shahzoda???? Surxon yoki Shurtanga muxlislik qilsa xar yili chempion bulardi