Shanxay Shenxua Obafemi Martinsni tanishtirdi

Narzulla Saydullayev
20 fev 2016
Rubin sobiq hujumchisi Obafemi Martins faoliyatini Shanxay Shenxua klubida davom ettiradi.

31 yoshli nigeriyalik futbolchi yangi klubi safiga qo'shildi va birinchi mashg'ulotini o'tkazishga ham ulgurdi.

Transfermarkt nashri xabariga ko'ra, MLS klubi Sietl Saunders Martinsning transferidan 2,7 million evro oldi. Futbolchi Xitoy klubi bilan 2016 yil oxiriga qadar shartnoma tuzdi.

Martins oldinroq Inter, Nyukasl, Rubin, Levante, Volfsburg va Birmingem klublarida o'ynagan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: shenhuafc.com.cn