Shavkat Saidov: "Metallurg"ga ochko suv va havodek zarur edi"

Narzulla Saydullayev
1 okt 2014
"Metallurg" - "Bunyodkor" (1:2) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida maydon egalari murabbiyi Shavkat Saidov qatnashdi.
“Bizga ochko suv va havodek zarur edi. Lekin hujumlarni yakunlashda biroz tajriba yetishmadi. Ikkinchi bo'limda o'yin nazorati bizning qo'limizda bo'ldi. Biroq vaziyatlardan foydalana olmadik. O'yin juda qiziqarli va keskin kurashlarga boy bo'ldi”, - deb gap boshladi "Metallurg" murabbiyi Shavkat Saidov.

“Yetakchi futbolchilarimiz jarohatidan sO'ng endi-endi maydonga qaytishyapti. Shu bois ilgarigidek tajovvuzkor o'yinimizni ko'rsata olmadik. Avvalgi yillardagi "Metallurg" kabi chiroyli o'ynashga va muxlislarga quvonch ulashishga harakat qilamiz”, - dedi Shavkat Saidov.



"Bunyodkor" matbuot xizmati

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia