"Sheffild Yunayted" va "Sheffild Uensdey" tarixda ilk marta bir mavsumning o'zida ligalardan tushib ketdi

Mirjalol Normatov
9 may 2021
"Sheffild Yunayted" ushbu mavsum yakunlamasidan oldin APLdan tushib kyetishi aniq bo'lib ulgurdi.

Bu vaqtga kelib, "Sheffild Uensdey" jamoasi ham Chempionshipda so'nggi o'rinni egallab, turnirni tark etadigan bo'ldi. Shu orqali tarixda ilk marta bir mavsumning o'zida ikki klub ham o'z ligalarini tark etmoqda.

"Sheffild Yunayted" APLda 2 mavsum o'tkazdi. "Sheffild Uensdey" esa 2011/2012 yilgi mavsumdan buyon ilk marta Liga 1'da o'ynaydi.

Qayd etish kerak, Sheffild shahri Angliyada aholi soni bo'yicha 4-o'rinda turadi - 551 mingdan oshiq inson.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal