Sherzod Karimov ham "Paxtakor"ni tark etishga yaqin turibdi

Narzulla Saydullayev
17 dek 2015
Kuni kecha olgan ma'lumotlarimizga ko'ra "Paxtakor"ga ko'p yillar davomida katta mehnati singib kelgan Sherzod Karimov ham jamoani tark etishga yaqin turibdi.

Bundan avval Kaxi Maxaradzeni shartnomasi tugaganligi haqida xabar bergan edik. Moliyaviy muammoni bartaraf etish uchun klub Egor Krimec va Igor Sergeevni sotishi mumkinligi va ularning o'rnilariga allaqachon futbolchi qidirishni boshlab yuborganini sir tutmayapti. Aynan shu boisdan jamoa o'z safiga Suhrob Berdievni chaqirgan. Shuningdek, asli "Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Maksimilian Fominni ham qaytishi mumkinligi aytib o'tilyapti.

Karimov 2008 yil "Paxtakor" tarkibidan joy olgan va shu yillar davomida uch marotaba O'zbekiston chempioni bo'ldi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia