Shlotterbekka "Real", "Barsa", "Arsenal", "Liverpul" va "Nyukasl" qiziqmoqda. "Borussiya" himoyachi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
20 mar 2025
Niko Shlotterbek bir nechta top-klublarga qiziq.

Oldinroq, 25 yoshli himoyachining transferini "Liverpul" ko'rib chiqayotgani malum bo'lgandi. "Borussiya" futbolchisiga "Arsenal", "Nyukasl", "Real" va "Barselona" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Dortmundliklar futbolchi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolamoqchi - amaldagi kelishuv 2027 yilgacha mo'ljallangan. Shlotterbek hozirda 5 million evro atrofida maosh olmoqda, ammo shartnoma uzaytirilsa, uning maoshi ikki barobarga oshishi mumkin.

Niko joriy mavsum Bundesligada 22 ta o'yinda maydonga tushdi.


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Muqova: Bild

Izohlar

Fanat_Euro_football
20 mar
Eshitlishi o'zbekcha ekan
fff
20 mar
MYu qiziqmaptimi