Shohruz Norxonov: "Jamoamga g'alaba keltirganimdan xursandman"

Mirjalol Normatov
8 avg 2025
Superliganing 17-turi doirasida "Qizilqum" - "Buxoro" (1:0) uchrashuvida kiritilgan yagona gol muallifi Shohruz Norxonov o'yin haqida fikrlarini bildirdi.

- O'yin zo'r bo'ldi. Yaxshi voha derbisi bo'ldi. Jamoadagi barcha birgalikda g'alabaga harakat qildik. Keyingi o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.

- "Qizilqum"dagi ilk golingizni urdingiz, hissiyotlar qanday?

- Ajoyib. Jamoamga g'alaba keltirganimdan xursandman. G'alabani faqatgina men emas, barchamiz qo'lga kiritdik. Futbolchilar birgalikda harakat qildik. Gol urganimdan xursandman.



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia