

Yangi ustoz futbolchilarga shapka va sharflarda mashg'ulot qilishlariga ruxsat bermagan. Undan tashqari, mashg'ulotlarda oyoqlarni himoyalovchi shitlar taqib shug'ullanish ham majburiy qilingan.
"Bu menda ancha yillardan buyon talablarim qatorida. O'yinlarda ham shapka va sharflar kiyish mumkin emas, bunga ruxsat bermayman. Shuningdek, mashg'ulotlarda shitlar taqish majburiy. Chunki bu raketa qurilishi jarayoni emas. Biz futbol o'ynashni istaymiz", - dedi Daych.



