"Sho'rtan" jamoasi germaniyalik mutaxassis bilan hamkorlik qiladi

I.J.I
2 mar 2025
Klubda "Gannover 96" klubi mutaxassisi yil davomida ish olib boradi.

“Sho'rtan“ futbol klubi o'z infratuzilmasini rivojlantirish va yosh istedodlarni yuqori saviyada tayyorlash maqsadida xalqaro hamkorlikni kuchaytirmoqda. 2024 yil oxirida Germaniyaning “Gannover 96” klubi mutaxassisi Andrey Vaybert G'uzorga tashrif buyurib, murabbiylar uchun Evropa futboli metodikasini tanishtirgan edi.

Hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida germaniyalik mutaxassisni yana “Sho'rtan“ futbol klubi taklif qildi. Joriy tashrif doirasida mutaxassis yil davomida jamoa va akademiya murabbiylari bilan ish olib boradi. Vaybert zamonaviy futbol metodikasi bo'yicha treninglar o'tkazib, murabbiylar va yosh futbolchilarga o'z bilim va tajribasini o'rgatadi. Shuningdek, futbolchilarning texnik va taktik tayyorgarligiga etibor qaratib, ularning professional rivojlanishiga hissa qo'shadi.

“Sho'rtan“ akademiyasi uchun bu tashrif muhim ahamiyat kasb etib, kelajakda jahon standartlariga mos futbolchilarni etishtirishga zamin yaratadi. Klub rahbariyati ushbu hamkorlikni uzoq muddat davom ettirish niyatida ekanligini malum qildi.


I.J.IMaqola muallifi
Muqova: "Шўртан" клуби матбуот хизмати

Izohlar

Ali chelse
2 mar
G'uzordan ham yosh istedodla yetishib chiaversin . Omad
Ali chelse
2 mar
G'uzordan ham yosh istedodla yetishib chiaversin . Omad