"Sho'rtan": "Kelajak - yoshlar qo'lida"

Alisher
28 mar 2022
“Sho'rtan" futbol klubi o'z tarixida ilk marotoba yangicha tizimda ishlash bo'yicha qaror qabul qildi.

Tizimga asosan, “Sho'rtan” futbol klubi akademiyasiga yosh toifasi bo'yicha iqtidorli futbolchilarni hamda yosh istedodlarni qidirib topish va ularni akademiyaga jalb qilish ishlari boshlanganini elon qilgandi. 

Shu bois, “Sho'rtan” rahbariyati tomonidan klub akademiyasi tarbiyalanuvchilari va ularning ota-onalari o'rtasida kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda klub rahbarlari hamda murabbiylar shtabi vakillari ishtirok etishdi. Mazkur yig'ilishdan maqsad, “Sho'rtan” kelajagi hisoblanadigan yosh futbolchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ota-onalarga namoyish qilish edi.

“Oq bo'rilar” akademiyasi tarbilanuvchilari O'FA tomonidan tashkil etiladigan musobaqalarda ishtirok etishi natijasida o'z mahoratlarini oshirib borishlari va professional futbolga tayyorlab borishlari aytib o'tildi.

Yana bir jihati shundaki, "Sho'rtan" futbol akademiyasini tamomlagan bitiruvchilarga guvoxnoma beriladi.

Qolaversa, akademiya tarbilanuvchilari muntazam ravishda yotoqxona, sport liboslari, issiq ovqat va futbolchi uchun kerakli bo'lgan barcha ehtiyojlar bilan taminlanadi.

Shundan so'ng, yig'ilishga tashrif buyurgan tarbiyalanuvchilarning ota-onalari uchun akademiyada o'ziga xos "ekskursiya" tashkil etildi va ularga yotoqxona, oshxona, mashg'ulot maydonlari tanishtirildi.

“Sho'rtan” futbol klubining maqsadi nafaqat O'zbekiston futboli uchun, balki, kelajakda Osiyo va Evropa maydonlari uchun tajribali futbolchilarni etkazib berish va O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarini muntazam ravishda futbolchilar bilan taminlab turish ekanligini bildirildi.


AlisherMaqola muallifi
Muqova: "Шўртан" матбуот бўлими

Izohlar

Ro'yobbek_Lokomotiv
28 mar 2022
Умид Ахмаджоновни сайи харакатлари билан Маъшал академияси пароканди бўлдими? Қашқадарё футболини янада кучайтириш керак Шўртан Маъшал булар лигага керак жамоалар
Звезда5
28 mar 2022
Шуртандаги шароит.Академия.Учта табиий футбол майдонлари унча- мунча вилоятларда йук.
Guzor
29 mar 2022
Hayronman homiy shurtan neftigazga nima foydasi bor pro ligada yurushi undan kura ber urunishda superligaga chiqarsa shundan foyda bulardi homiyga bilamiz shurtan gazni qudratini yanayam bilmadim qanday tusiqlar bor