Musobaqadagi dastlabki uchrashuvni Kot d’Ivuar o'smirlar terma jamoasiga qarshi o'tkazgan Dilshod Nuraliev boshqaruvidagi jamoa o'yinda golsiz durang qayd etdi.
Mazkur o'yinni ko'tarinki ruhda o'tkazgan yigitlarimizning uchrashuv haqidagi fikrlarini bilishga qiziqdik. O'yinni bevosita zaxira o'rindig'ida kuzatib borgan termamiz darvozaboni Shoxruh Eshbo'taev poyoniga etgan bahs haqida qisqacha shunday dedi:
- Uchrashuv yaxshi o'tdi. Har ikkala jamoa a'zolarida ham gol urish uchun bir nechta imkoniyatlar bo'ldi. Ammo baribir istaysizmi yo'qmi, to'p darvozaga kirmadi. Raqibimiz yaxshi jamoa ekan. Lekin uni bizdan kuchli deya olmayman. Teng kuchga ega jamoalar o'yiniga guvoh bo'ldik. Endi keyingi o'yinlarimizda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.