Shoxruz Norxonov: “G'alaba qozonishimiz uchun 10 daqiqa etmadi”

Narzulla Saydullayev
26 avg 2016
Kecha chempionatimizning 20-turida “Obod” klubi o'z uyida Bekobodning “Metallurg” klubini qabul qilib durang natija qayd etdi. Ushbu uchrashuvdan so'ng “Obod” klubi futbolchisi Shoxruz Norxonov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.