Shukurullaev: "Ularga qarshi bahsda bor kuchimizni berib qo'ydik"

Khoja
22 noya 2025
Tunda O'zbekiston U-17 terma jamoasi yurtimizga qaytib keldi.

Saytimiz vakillari o'smirlarimizni kutib olish tadbirida ishtirok etdi. Tadbir davomida hamkasblarimiz Abubakir Shukurullaevdan qisqa intervyu olishdi.

Turnirda champion bo'lishni maqsad qilgandik. Ammo peshanamizga ushbu bosqichga chiqish "yozilgan" ekan. Xorvatiyaga qarshi bahsda qolgan bahslarga nisbatan qiyinroq bo'ldi. Ular baribir Yevropani jamoasi. Ularda tarkib juda yuqori ekan. Ushbu bahsda biz ancha qiyinchilikka uchradik, ularga qarshi bahsda bor kuchimizni berib qo'ydik. 

Har turnirdan oldin biz har bir narsaga tayyorgarlik ko'ramiz. Biz har bir mashg'ulotlardan so'ng penaltilar seriyasini tashkil qilamiz. Xorvatiyaga qarshi bahsga ham penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko'rgandik. 


KhojaMuallif
Manba: championat.asia