Shveytsariya – Litva bahsi nega 15 daqiqa kech boshlandi?

Eldor Akmurzayev
29 mar 2021
JCH-2022 saralashidan o'rin olgan Shveytsariya – Litva uchrashuvi belgilangan vaqtdan biroz kech boshlandi.

Bunga sabab esa “Kibun Park” stadionidagi darvozaning bo'yi meyoridan 5-10 sm ga uzun ekanligi aniqlandi. Arena xodimlari tezda darvozani almashtirib, uning o'rniga yangisini o'rnatishdi. Ikkinchi komplekt esa reglament talablariga mos ekanligi aniqlandi. 

Shu tariqa, Sankt-Gallendagi o'yinga 23:45 da emas, 00:00 da start berildi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia