Simeonening o'g'li: "Otamning qo'l ostida o'ynab ko'rmoqchiman"
Aslanov Jasurbek
27 yanv 2018
"Fiorentina" hujumchisi Jovanni Simeonening ma'lum qilishicha, u otasi Diego Simeone boshchilik qiladigan "Atletiko"da to'p tepmoqchi.
"Futbolchi sifatida gapiryapman: Otamning qo'l ostida ishlab ko'rmoqchiman. Kim ham dunyoning eng kuchli murabbiyi bilan ishlashni istamagan bo'lardi. Uning feli va irodasi butun jamoaga kuch berishi mumkin" - deydi Jovanni.