Sirdaryoda yosh sportchilar uchun master klass o'tkazildi

Iskandarov Abdulaziz
11 dek 2021
Sirdaryoda sport tadbiri!

Sirdaryo viloyati Turizm va Sport boshkarmasi, sportning o'yin turlari va engil atletikaga ixtisoslashgan IBO'SM va sport maktabi futbol murabbiysi Abbos Ergashev tashabbusi bilan Uzbekiston terma jamoasi va taniqli futbolchilar ishtirokida  master klass tadbiri bo'lib  o'tdi. Unda  Davron Hoshimov, Kamoliddin Murzoev, Lutfulla To'raev, Sardor Rahmonov, Jahongir Jiyamurodov, Xurshidbek Muxtorovlar ishtirok etib, o'z maxoratlarini yosh futbolchilarga ko'rsatishdi. Hamda yil davomida Respublika chempionatlarida faol ishtirok etgan yosh futbolchilar takdirlanishdi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia