"Siti" muxlisi Gari Nevillga pivo sepdi

Aslanov Jasurbek
13 may 2019
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Gari Nevill, ayni damda Britaniya televideniyasida ekspert sifatida ishlayotgan Gari Nevill "Brayton" - "Manchester Siti" uchrashuvi oldidan jabrlanishi mumkin edi.

Eks himoyachi jonli efirga chiqish uchun stadionga ketayotgan edi. Nevill arena oldida "Manchester Siti"ning bir guruh ishqibozlariga duch keldi. Muxlislar tele ekspertga turli nomaqul so'zlarni ayta boshlashdi. Ishqibozlarning biri angliyalikning boshiga pivo sepdi, ammo Nevill unga chap berib qolishga muvaffaq bo'ldi.

TAS-IX emas



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail