Siz ko'rmagan stadionlar: "BBVA Bancomer" stadioni (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
13 dec 2017
O'zgacha uslubda qurilgan, boshqa arenalardan farq qiladigan stadionlarni etiboringizga havola qilishda davom etamiz.

"BBVA Bancomer" stadioni Meksikaning Gvadalupe shahrida joylashgan. 2011-2015 yillarda qurilgan arenada "Monterrey" klubi uy uchrashuvlarini o'tkazadi. "BBVA Bancomer" arenasining laqabi - "El Gigante de Acero", ispanchadan tarjima qilganda Temir gigant manosini beradi.

Arena qurilishi uchun 200 mln. dollar sarflangan. Stadion o'z bag'riga 51348 muxlisni sig'dira oladi. "Temir gigant"ni jahonda stadion qurish bo'yicha etakchi hisoblangan Populos va VFO arxitektura kompaniyalari yaratgan.





Arena ichida lyuks restoran va barlar mavjud. Stadion atorfining 3dan 1 qismi yashil hududga aylantirilgan. Ushbu yashil zonalar yomg'ir suvini yig'ib oladi va issiq bo'lgan kunlarda o'simliklarga sepiladi.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Шу ахволда Катар 2022 ни кутамиз ва .....
13 dec 2017
Агар шу стадионга 200 000 000$ кетган бўлса бизни Бўнёдкор стадионига 70-80 000 000$ кетган бўлса керак,ундан кўп бўлса демак ўзимиздаги ҳар доимгидек қўшиб ёзишдан фойдаланиб қолган пулга юзлаб янги шахсий уйлар қурилган бўлса не ажаб.
YIGITALIYEV NODIRBEK
13 dec 2017
Yorvorishibdiku fasadni
CR.07
13 dec 2017
Sardor bugun o'ynaydimi?
сколлари
13 dec 2017
Бекободни шамоли етиб борса борми, йиртиб ташласа керак бу темир гигантни
足球迷
13 dec 2017
Bizda BUN-YOD-KOR stadioni bor!