Skaloni Argentina terma jamoasi asosiy tarkibini aniqlab oldi

Aslanov Jasurbek
15 iyun 2019
14 iyun kuni Braziliyada Kopa Amerika turniriga start berildi.

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Kolumbiyaga qarshi guruh bosqichining 1-tur uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushadigan futbolchilarni aniqlab oldi. Skaloni ilk uchrashuvida quyidagi futbolchilarni asosiy tarkibda o'ynatadi:

Darvozabon - Franko Armani ("River Pleyt") 

Himoyachilar - Nikolas Otamendi ("Manchester Siti", Angliya), Xerman Pesselya ("Fiorentina", Italiya), Nikolas Talyafiko ("Ayaks", Gollandiya), Renco Saraviya ("Rasing").

Yarim himoyachilar -  Anxel Di Mariya (PSJ, Fransiya), Gvido Rodriges ("Amerika", Meksika), Jovani Lo Chelso ("Betis", Ispaniya), Leandro Paredes (PSJ, Fransiya).

Hujumchilar - Lionel Messi ("Barselona", Ispaniya), Serxio Aguero ("Manchester Siti", Angliya).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: VivaBarca.net