Slott "Liverpul" himoyachisi jarohat olganini ma'lum qildi

Sherzod Nurmatov
30 dek 2025
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot "qizillar" va Angliya terma jamoasi himoyachisi Jo Gomes APLning 19-turi doirasidagi "Vest Xem"ga qarshi o'yinda jarohat olganini aytdi.

"Bugun Jo Gomes jarohat oldi. Jo o'zini almashtirishni so'radi va biz uning o'rniga boshqa futbolchini tushirdik.

U sonining orqa qismini shikastlab olgan va tiklanish uchun biroz vaqt kerak bo'ladi. 

Bunday holatlar mavsum davomida sodir bo'lishi mumkin", – dedi Slot.

Eslatib o'tamiz, Gomes 2015 yil iyul oyida "Charlton"dan "Liverpul"ga o'tgandi. Uning shartnomasi 2027 yilning iyunida nihoyasiga etadi. 27 yoshli markaziy himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 16 o'yin o'tkazib, 2 ta sariq kartochka oldi. Transfermarkt portali asli gambiyalik ingliz futbolchisini 28 mln evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail