Ushbu Turda o'zbekistonlik bir qator futbolchilar jamoalari safida maydonga tushishdi.
Akron safarda Pari NNga qarshi bahs olib bordi va 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Mehmonlar safida Sherzod Esanov 67-daqiqada maydonga tushdi. Sofascore nashri yarim himoyachiga 6,5 baho qo'ydi.
Turning markaziy uchrashuvida Zenit va CSKA o'zaro bahs olib bordi. Bahs 0:0 hisobida yakunlandi. Moskvaliklar safida Abbosbek Fayzullaev 67 daqiqa harakat qildi va 6,3 baho oldi.
Terma jamoamizning yana bir azosi Rustam Ashurmatov to'p tepayotgan Rubin Grozniyda Ahmadga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Ashurmatov uchrashuvni asosiy tarkibida boshladi va 82-daqiqada zaxiraga olindi. Himoyachi 49-daqiqada ogohlantirildi. Sofascore nashri futbolchiga 6,6 baho qo'ygan.
Izohlar