Sofascore. Zaxiradan maydonga tushib, assist qayd etgan Fayzullaev necha baho oldi?

Khoja
25 may 2025
Kecha RPLning so'nggi turida SSKA “Nijniy Novgorod“ jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Moskvaliklar safida Abbosbek Fayzullaev 76-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. 90-daqiqada esa jamoasining ikkinchi goliga assist bo'ldi.

Sofascore nashri 21 yoshli yarim himoyachining harakatlariga 7,1 baho qo'ydi.


KhojaMuallif
Manba: Sofascore